Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Metabolizmni qanday yaxshilash mumkin?

© Pexels / Carolina Grabowskametabolizm
metabolizm - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2022
Obuna bo‘lish
Metabolizm organizmning hayotiy faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan kimoviy reaksiyalar yig‘indisi. U oziq-ovqatni energiyaga aylantirish uchun kerak.
Metabolizm so‘zini odatda moddalar almashinuvi bilan adashtirishadi. Biroq, metabolizm ancha keng qamrovli jarayon. Moddalar almashinuvi tezligi esa uning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri.
U inson tanasiga o‘sish, ko‘payish, atrof-muhitga reaksiya bildirish, shikastlanishlarni bartaraf etishga yordam beradi. Moddalar almashinuvi jarayoni ayollar va erkaklarda turlicha ketadi. Bu organizmdagi yog‘ va mushak og‘irligiga bog‘liq.
Ayollarda metabolizm sekin kechadi. Erkaklar ayollarga qaraganda ko‘p energiya sarflaydi va tez ortiqcha vazndan xalos bo‘lishadi. Bu erkaklar mushaklar massasi katta ekani bilan bog‘liq. U yog‘ to‘qimalariga qaraganda ko‘proq energiya sarflaydi.
Metabolizm buzilishi moddalar almashinuvi jarayonini meyordan chiqarishi mumkin.
Moddalar almashinuvi turli sabablarga ko‘ra sodir bo‘ladi. Masalan, muvozanatlashtirilmagan ovqatlanish, foydali mahsulotlarning yetishmasligi, surunkali tushkunlik (stress), jismoniy faoliyatning kamligi yoki umuman yo‘qligi, kun rejimlariga rioya qilmaslik tufayli kelib chiqishi mumkin.
Shuningdek, qattiq parhez rejimlari va kaloriyalar yetishmasligi sababli moddalar almashinuvi buziladi.
Metabolizm buzilishi alomatlari bolalar va kattalarda turlicha bo‘ladi. Bolalarda bu umumiy lohaslik, bo‘y o‘smasligi, ortiqcha vazn va haddan tashqari ozg‘inlikda, hazm qilish bilan muammolar yoki teri rangining o‘zgarishida belgi beradi. Kattalarda bu jarayon ortiqcha vazn, tanada shishlar, tez-tez terlash, uyqu buzilishi, ishchanlik qobiliyatining yo‘qolishida namoyon bo‘ladi.
Jarayonni doim meyorda saqlash uchun to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga rioya qilish kerak. Shuningdek, stressni oldini olish, uyqu tartibiga rioya qilish ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
- shirinliklar, juda yog‘li va dudlangan, qovurilgan ovqatlarni kamroq iste’mol qilish
- bir kunda 3-4 porsiya sabzavotlar va mevalar iste’mol qilish
- yog‘lar, oqsillar va uglevodlar miqdorini nazorat qilish
-spirtli ichimliklardan voz kechi
Yangiliklar lentasi
0