Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Odamlar bizdan qurol talab qilmoqda – Zaporojye viloyati hukumati

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishSotrudniki Rosgvardii oxranyayut osvobojdenniy Melitopol
Sotrudniki Rosgvardii oxranyayut osvobojdenniy Melitopol - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2022
Obuna bo‘lish
Rogov: Butun jamiyat Zelenskiy terrorchi rejimiga qarshi birlashdi.
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Zaporojye viloyati aholisi mintaqani Ukraina qo‘shinlarining ehtimoliy hujumlaridan himoya qilish uchun ularga qurol-yarog‘ berilishini talab qilmoqda. Bu haqda Zaporojye viloyati ma’muriyati bosh kengashi a’zosi Vladimir Rogov ma’lum qildi.
Avvalroq Ukraina qo‘shinlari hujumga tayyorgarlik ko‘rish uchun katta kuchlarni to‘qnashuv chizig‘iga jamlayotgani haqida ma’lum qilingan.
“Zaporojye viloyati aholisi ommaviy ravishda bizga murojaat qilib, Ukraina qo‘shinlarining hujumga urinishlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun ularga qurol berishni talab qilmoqda. Butun jamiyat Zelenskiy terrorchi rejimiga qarshi birlashdi”, dedi Rogov RIA Novosti agentligiga.
Maxsus operatsiya davomida Rossiya harbiylari Xerson va Zaporojye viloyatining Azov dengiziga tutash qismini nazoratga oldi, Xerson, Melitopol va Berdansk kabi yirik shaharlarni ozod qildi. Har ikki viloyatda yangi ma’muriyatlar shakllantirildi, Rossiya telekanallari va radiostansiyalari efirga uzatilmoqda, Qrim bilan savdo va transport aloqalari tiklanmoqda. Viloyatlar Rossiya tarkibiga kirish rejalarini e’lon qildi. Bundan tashqari, sakkiz yil o‘tgach, Shimoliy Qrim kanali blokdan chiqarildi.
Yangiliklar lentasi
0