Madaniyat

Oʻzbek kinosini katta shon-shuhrat kutmoqda - VGIK rektori

© SputnikTorjestvennoye otkrыtiye Dney kino stran SHOS v Tashkente.
Torjestvennoye otkrыtiye Dney kino stran SHOS v Tashkente. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rektor Vladimir Malishev institutning Toshkentdagi filialida uchta yangi yoʻnalish ochilganini eʼlon qildi.
TOSHKENT, 14 sen — Sputnik. “Ipak yoʻli durdonasi” XIVToshkent xalqaro kinofestivali boshlanishi arafasida Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK) rektori Vladimir Malishev nutq soʻzladi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
Tadbirda soʻzga chiqqan Butunrossiya davlat kinematografiya instituti rektori Oʻzbekistondagi filial faoliyati muhimligini taʼkidladi va kelajakda oʻzbek kinosini katta shon-shuhrat va eʼtirof kutayotganini qayd etdi.
Undan tashqari Malыshev Toshkent filialida uchta yangi yoʻnalish ochilganini eʼlon qildi va yaqin kelajakda ushbu filial talabalari albatta oʻzlarini yuqori nuqtada koʻrsatishlariga umid bildirdi.
Oʻz navbatida, XIV Toshkent xalqaro kinofestivali bosh direktori, Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqov aynan Oʻzbekiston prezidenti tashabbusi bilan Toshkent shahrida Butunrossiya davlat kinematografiya instituti filiali ochilgani va bu universitetning chet eldagi yagona filiali ekanligini taʼkidladi.
Maʼlumot oʻrnida, oʻtgan yili Toshkentda Butunrossiya davlat kinematografiya instituti filiali ochildi. OTMda taʼlim faoliyati 2021−2022 oʻquv yilidan boshlandi.
Yangiliklar lentasi
0