O‘zbekiston Ozarbayjon-Armaniston chegarasidagi tinchlikni olqishlaydi - TIV

Flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2022
Obuna bo‘lish
Barcha masalalar va mavjud muammolarni hal qilishning yagona to‘g‘ri yo‘li bu xalqaro huquq va erishilgan kelishuvlar doirasida tinchlik yo‘li bilan maslahatlashuvlar yo‘lidir - O‘zbekiston TIV.
TOShKENT, 14 sen - Sputnik. O‘zbekiston Ozarbayjon-Armaniston chegarasidagi tinchlikni olqishlaydi, deiladi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
O‘zbekiston Respublikasi Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislik qiluvchi mamlakat sifatida Ozarbayjon-Armaniston chegarasida tinchlikka erishilgani va keskinlik bartaraf etilganini olqishlaydi.
O‘zbekistonning ishonchi komilki, barcha masalalar va mavjud muammolarni hal qilishning yagona to‘g‘ri yo‘li bu xalqaro huquq asosida va ilgari erishilgan kelishuvlar doirasida tinchlik muzokaralari va maslahatlashuvlar yo‘lidir.
Biz tinchlik shartlariga qat’iy rioya qilinishi, har qanday sharoitda ham vazminlikning namoyon bo‘lishiga umid qilamiz hamda tomonlarni mavjud ahvolni barqarorlashtirish, vaziyatdan chiqish uchun siyosiy va diplomatik muzokaralar olib borishga da’vat etamiz.
Eslatib o‘tamiz, 13-sentabr kuni tunda Ozarbayjon-Armaniston chegarasi yaqinidagi Goris, Sotk va Jermuk shaharlari yo‘nalish o‘qqa tutilgan edi. Shundan so‘ng tomonlar bir birlarini tinchlik shartnomasini buzishda ayblashdi. Shundan so‘ng 13-sentabr kuni ikkala tomon o‘zaro kelishuvga asosan tinchlik rejimi haqida kelishib olishgan edi. Lekin o‘tgan tunda, chegara hududi yana notinch bo‘ldi. Ozarbayjon tomon Armanistonni yirik kalbrli qurollardan o‘qqa tutishda aybladi.
Yangiliklar lentasi
0