O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston hamkorlikni yanada kengaytirishga oid “yo‘l xaritasi”ni qabul qiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezidenti Uzbekistana i Mongolii obsudili perspektivi rasshireniya prakticheskogo sotrudnichestva
Prezidenti Uzbekistana i Mongolii obsudili perspektivi rasshireniya prakticheskogo sotrudnichestva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2022
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni qabul qilishga kelishib oldi. Bu haqda prezident O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Samarqandda Mo‘g‘uliston rahbari Uxnaagiyn Xurelsux bilan uchrashuv o‘tkazgan uchrashuvida ma’lum qilindi.
Uchrashuvda prezidentlar O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston munosabatlarini faollashtirish masalalarini ko‘rib chiqishdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezidenti Uzbekistana i Mongolii obsudili perspektivi rasshireniya prakticheskogo sotrudnichestva
Prezidenti Uzbekistana i Mongolii obsudili perspektivi rasshireniya prakticheskogo sotrudnichestva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2022
Prezidenti Uzbekistana i Mongolii obsudili perspektivi rasshireniya prakticheskogo sotrudnichestva
Mirziyoyev va Xurelsux joriy yil iyun oyida Toshkent shahrida o‘tkazilgan birinchi qo‘shma biznes-forum yakunlarini yuqori baholadi.
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi. Buning uchun zaror shartnomaviy-huquqiy asoslarni shakllantirish, qo‘shma kooperatsiya, eng avvalo, agrosanoat sohasida aniq loyiha va dasturlarni ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Madaniy-gumanitar almashinuvlar va hududlararo aloqalarni kengaytirishdan ikkala tomon ham manfaatdor ekani qayd etildi.
Uchrashuv yakunida ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy va iqtisodiy aloqalarga tizimli tus berish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni qabul qilishga kelishib olindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ning navbatdagi sammitida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgani xabar qilingan edi.
Samarqand shahrida 15-16 sentabr kunlari O‘zbekiston raisligida ShHT Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisi tadbirlari bo‘lib o‘tadi.
Sammit ishida ShHTga a’zo mamlakatlar – Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Hindiston, shuningdek, tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlatlar – Belarus, Mo‘g‘uliston va Eron yetakchilari ishtirok etadi.
Faxriy mehmon sifatida Turkiya, Ozarbayjon, Turkmaniston va Armaniston , shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, boshqa nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari taklif etilgan.
Yangiliklar lentasi
0