Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekistonga keldi

© Ofitsialniy sayt Prezidenta Kirgizskoy RespublikiPrezident Kirgizstana Sadir Japarov pribil v g. Tashkent s gosudarstvennim vizitom
Prezident Kirgizstana Sadir Japarov pribil v g. Tashkent s gosudarstvennim vizitom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2022
Obuna bo‘lish
Sadir Japarovni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Bugun Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 15-16 sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Shanhay Hamkorlik Tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga keldi.
Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Qirg‘iziston delegatsiyasi tarkibida mamlakat tashqi ishlar vaziri Jeyenbek Qulubayev, Prezident Administratsiyasi tashqi siyosat bo‘limi mudiri Muratbek Azymbaqiyev, Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi Musa Jamanboyev, transport vaziri Erkinbek Osoyev hamda iqtisodiyot vaziri Doniyor Amangeldiyevlar bor.
Eslatib o‘tamiz, Samarqanda Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux bilan uchrashuv o‘tkazdi va BMT bosh kotibi o‘rinbosari Rozmari Di Karloni qabul qildi. Shuningdek, O‘zbekiston yetakchisi Samarqand shahridagi Kongress markazida Eron Islom Respublikasi prezidenti Ibrohim Raisiyni rasmiy kutib oldi va ayni vaqtda ikki davlat rahbarlarining muzokaralari bo‘lib o‘tmoqda.
Yangiliklar lentasi
0