Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rosgvardiya Zaporojye viloyatida Ukraina QKning 130dan ortiq agentlarini qoʻlga oldi

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka oʻtishVoyennoslujaщiye Rosgvardii v Xersonskoy oblasti
Voyennoslujaщiye Rosgvardii v Xersonskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rosgvardiyachilar Xerson va Zaporojye viloyatlarida 130 dan ortiq odamni qoʻlga oldi, 10 ta qurol va oʻq-dorilar yashirilgan maxfiy joy topildi.
TOSHKENT, 14 sen — Sputnik. Rosgvardiya Xerson va Zaporojye viloyatlarida Ukraina kuchlari va harbiylari faoliyatiga aloqador boʻlgan 130 dan ortiq kishini qoʻlga oldi. Bu haqda Rosgvardiya matbuot xizmati xabar bergan.
“Rosgvardiyachilar Xerson va Zaporojye viloyatlarida millatchilik tashkilotlari, Ukraina Xavfsizlik xizmati va Ukraina Qurolli kuchlari faoliyatiga aloqador boʻlgan 130 dan ortiq odamni qoʻlga oldi, 10 ta qurol va oʻq-dorilar yashirilgan maxfiy joy topildi”, deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha qilinishicha, xususan, xorijda ishlab chiqarilgan NLAW tankga qarshi tizimlari, 82 millimetrli minomyot, ikkita 14,5 millimetrli Vladimirov ogʻir pulemyotlari, shuningdek, 16 mingdan ortiq oʻq-dorilar musodara qilingan. Bundan tashqari, 4,5 kilogramm narkotik moddalar ham musodara qilingan.
Yangiliklar lentasi
0