Rossiyada o‘tkazilgan xalqaro chempionatda O‘zbekiston jamoasi 3-o‘rinni egalladi

© IT Park“IT Park” jamoasi
“IT Park” jamoasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2022
Obuna bo‘lish
2022 yilgi “WorldSkills International” Yevroosiyo chempionatida “Mobil robototexnika” yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston nomidan ishtirok etgan “IT Park” jamoasi 3-o‘rinni egalladi.
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. 8-12 sentabr kunlari Rossiyaning Saransk shahrida o‘tkazilgan “WorldSkills International” Yevroosiyo chempionatida “IT Park” jamoasi 3-o‘rinni egalladi. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, turli mamlakatlardan shuningdek, Rossiya mintaqalaridan avval mahalliy va federal bosqichlarda g‘olib bo‘lgan 18 ta kuchli jamoa saralashdan o‘tib, musobaqaning final bosqichida ishtirok etgan. O‘zbekiston jamoasi “Mobil robototexnika” yo‘nalishi bo‘yicha qatnashgan.
Shuningdek, “IT Park” jamoasi 12-13 oktabr kunlari Fransiyaning Bordo shahrida o‘tkaziladigan “WorldSkills International” jahon chempionatida ishtirok etadi.
“WorldSkills” — har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan turli ko‘nikmalar bo‘yicha musobaqa. O‘zbekiston “WorldSkills” xalqaro assotsiatsiyasiga 2020-yilda a’zo bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0