Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

Samarqand vokzali bir vaqtda 900 kishiga xizmat ko‘rsatishga tayyor

© Toshkent MTU Samarqand temir yo‘l vokzali
Samarqand temir yo‘l vokzali - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2022
Obuna bo‘lish
Toshkent Shimoliy hamda Samarqand temir yo‘l vokzallarida ShHT delegatsiya a’zolariga chiptalarni tezkorlik bilan rasmiylashtirish maqsadida maxsus chiptaxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Samarqand temir yo‘l vokzalida har kuni bir vaqtning o‘zida 900 nafarga yaqin yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoni yaratildi. Bu haqida Toshkent MTU xabar berdi.
Qayd etilishicha, hozirda vokzalda bir kecha kunduzda 3 yarim mingga yaqin yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yo‘lga qo‘yilgan.
© Toshkent MTU Samarqand temir yo‘l vokzali
Samarqand temir yo‘l vokzali - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2022
Samarqand temir yo‘l vokzali
Vokzalning tashqi ko‘rinishi ham tubdan yangilandi va old qismida musiqali favvora qad rostladi.
© Toshkent MTU Samarqand temir yo‘l vokzali
Samarqand temir yo‘l vokzali - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2022
Samarqand temir yo‘l vokzali
Favvora atrofiga ShHTning navbatdagi sammitida ishtirok etadigan davlatlar bayroqlari o‘rnatildi.
Samarqand vokzalidagi nazorat o‘tish punktlari vokzalning tashqi hududida, yangi qurilgan, zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan binoga ko‘chirildi hamda bir bosqichli nazorat tartibi joriy qilindi.
© Toshkent MTU Samarqand temir yo‘l vokzali
Samarqand temir yo‘l vokzali - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2022
Samarqand temir yo‘l vokzali
Shuningdek, Toshkent Shimoliy hamda Samarqand temir yo‘l vokzallarida ShHT delegatsiya a’zolariga chiptalarni tezkorlik bilan rasmiylashtirish maqsadida maxsus chiptaxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
© Toshkent MTU Samarqand temir yo‘l vokzali
Samarqand temir yo‘l vokzali - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2022
Samarqand temir yo‘l vokzali
Vokzalning yuqori darajada xizmat ko‘rsatish zallari orqali shaharga chiqish yo‘lagining yon devoriga Samarqandning qadimgi ko‘rinishi, tarixiy obidalari, karvonlar, ikkinchi devoriga esa shaharning yangi ko‘rinishi, tarixiy obidalari, zamonaviy "Afrosiyob" poyezdlarining tasviri joylashtirilgan.
© Toshkent MTU Samarqand temir yo‘l vokzali
Samarqand temir yo‘l vokzali - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2022
Samarqand temir yo‘l vokzali
ShHT sammiti

Eslatib o‘tamiz payshanba kuni Samarqandda ShHT davlat rahbarlari sammiti boshlanadi. Unda 15 ga yaqin davlat rahbari va 10 dan ortiq xalqaro tashkilotlar yetakichlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Ushbu sammit O‘zbekistonning ShHTga raislik davrining yakuni bo‘ladi. O‘tgan yil mobaynida ShHT doirasida O‘zbekiston tomonidan 80 tadan ortiq tadbirlar tashkil qilindi, ularning mantiqiy natijasi sifatida Samarqand sammitida 30 taga yaqin davlatlararo hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Ushbu hujjatlar ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash va uni yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qilgan.

Ular orasida mintaqaviy savdo, sanoat kooperatsiyasi va transport aloqalarini rag‘batlantirish konsepsiyasi va dasturlari bor. Shuningdek, yashil iqtisodiyot, innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, logistika, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot va boshqa yo‘nalishlarda ham qo‘shma loyiha va tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0