Toshkentda Rossiya OTMlarining ko‘rgazma yarmarkasi bo‘lib o‘tadi

© Predstavitelstvo Rossotrudnichestva v UzbekistaneMejdunarodnaya vistavka "Obrazovanie i professiya-2022. Posledniy zvonok" v Tashkente
Mejdunarodnaya vistavka Obrazovanie i professiya-2022. Posledniy zvonok v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2022
Obuna bo‘lish
Bu yilgi ko‘rgazmada Rossiyaning 55 ta universiteti o‘z ta’lim dasturlarini taqdim etadi.
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Rossiya ta’limi. Toshkent-2022”xalqaro ko‘rgazma yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqida Rossotrudnichestvoning “Rus uyi” vakolatxonasi xabar berdi.
Yarmarka o‘z ishini 22-24 sentabr kunlari olib boradi. Unda 10-11 sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalari, shuningdek bakalavr bitiruvchilari ishtirok etishi mumkin.
Bu yilgi ko‘rgazmada Rossiyaning 55 ta universiteti o‘z ta’lim dasturlarini taqdim etishadi.
Ko‘rgazma-yarmarkaning asosiy maqsadi abituriyentlarni Rossiyaning yetakchi universitetlarida xalqaro dasturlar bo‘yicha ta’lim olish imkoniyatlari bilan tanishtirishdan iborat.
Ko‘rgazma-yarmarkada quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:
Rossiyaning yetakchi universitetlari bilan tanishish;
Oliy o‘quv yurtlariga kirish va o‘qish haqida eng so‘nggi va batafsil ma’lumotlar olish;
O‘qish imkoniyatlari, qabul qilish qoidalari va hujjatlarni topshirish muddatlari to‘g‘risida universitetlar vakillari va ekspertlar bilan maslahatlashish;
Tanlangan universitetga bepul ta’lim olish yoki ta’lim grantini olish imkoniyati haqida ma’lumot olish;
Yotoqxonalardagi yashash sharoitlari va Rossiyadagi hayot haqida bilib olish.
Ko‘rgazma soat 10:00dan17:00gacha davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0