Yagona tizimda ro‘yxatga olinmagan biznes tekshiruvlari taqiqlandi

© Pixabay / Goumbik Mujchina v kostume
Mujchina v kostume - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2022
Obuna bo‘lish
1 noyabrdan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatga olinadi.
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qarorga imzo chekdi.
Unga ko‘ra 2022-yil 1-noyabrdan boshlab tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatga olinadi.
Bunda tadbirkorlik subyektlari faoliyatida mazkur tizimda ro‘yxatga olinmagan tekshiruvlarni o‘tkazish noqonuniy hisoblanadi
Tekshiruvlar natijalari va profilaktika tadbirlari to‘g‘risida ma’lumot tekshiruv yoki profilaktika tadbirlari tugagan kundan boshlab uch kun muddatda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritiladi.
Nazorat qiluvchi organlar “xavfni tahlil etish” tizimi natijalariga asosan o‘tkaziladigan tekshiruvlarning boshlanishi haqida kamida 10 ish kuni oldin tadbirkorlik subyektini xabardor qiladi
Tadbirkorlik subyektining ilgari tekshirilgan faoliyat davridagi predmeti va obyekti bo‘yicha qayta tekshiruv o‘tkazishga va tadbirkorlik subyekti tomonidan avval taqdim etilgan hujjatlarni talab qilishga haqli emas.
Tadbirkorlik subyektlari nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslarini quyidagi hollarda tekshiruv o‘tkazish uchun o‘z hududiga qo‘ymaslik huquqiga ega:
tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilmaganda;
tekshiruv belgilangan tartibda tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishilmaganda yoki u xabardor etilmaganda;
tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnoma mavjud bo‘lmaganida;
ular Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobiga ma’lumotlarni kiritishdan bosh tortganida
2023 yil 1-yanvardan boshlab nazorat qiluvchi organlarga “Yagona davlat nazorati” axborot tizimidagi davlat nazorati funksiyalari reyestriga kiritilmagan funksiyalar bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazish taqiqlanadi.
Adliya vazirligi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Savdo-sanoat palatasi va nazorat qiluvchi organlar bilan birgalikda 1-noyabrga qadar davlat nazorati funksiyalari va tekshiruvlarni qisqartirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishi kerak.
Yangiliklar lentasi
0