Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Aleksandr Nevskiy ordeni qanday mukofot va u kimlarga beriladi

© SputnikOrden Aleksandra Nevskogo
Orden Aleksandra Nevskogo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2022
Obuna bo‘lish
Aleksandr Nevskiy ordeni bilan xorijiy davlat arboblari, Rossiya Federatsiyasi bilan ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ko‘rsatgan xizmatlari uchun mukofotlanishi mumkin.
TOShKENT, 15 sen - Sputnik. Bugun Samarqandda ShHT sammiti arafasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevga Aleksandr Nevskiy ordenini topshirdi.
"Siz Rossiyaning ushbu yuksak mukofotiga hammadan ko‘proq loyiqsiz. Ko‘p jihatdan sizning shaxsiy e’tiboringiz tufayli Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari barcha sohalarda: siyosatda, iqtisodda, fan va madaniyatda muvaffaqiyatli rivojlanmoqda", - dedi Putin.

Aleksandr Nevskiy ordeni bu qanday mukofot?

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishZvezda ordena Svatogo Aleksandra Nevskogo
Zvezda ordena Svatogo Aleksandra Nevskogo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2022
Zvezda ordena Svatogo Aleksandra Nevskogo
Aleksandr Nevskiy ordeni ilk bor 1724-yilda Potr I tomonidan ta’sis etilgan bo‘lib, dastlab u faqat oliy mavqeli sarkardalar va generallar uchun mo‘ljallangan bo‘lgan. (Nevskiy - buyuk sarkarda) Potrning o‘lmidan so‘ng uning o‘rniga kelgan Yekaterina I ushbu ordenni davlat xizmatchilariga ham bera boshlagan.
© Sputnik / SverdlovZnak ordena sv. Aleksandra Nevskogo
Znak ordena sv. Aleksandra Nevskogo  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2022
Znak ordena sv. Aleksandra Nevskogo
1917 yilda oktabr revolyutsiyasidan so‘ng, Chor Rossiyasining boshqa mukofotlari kabi ushbu orden ham bekor qilingan. Lekin Ikkinchi Jahon urushi vaqtida, 1942-yilda Qizil Armiya qo‘mondonlarini taqdirlash uchun sobiq SSSR rahbariyati ordenni qayta tiklashga qaror qiladi. Urushi yakuniga qadar Aleksandr Nevskiy ordeni bilan 40 mingga yaqin harbiylar taqdirlangan.
© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishOrden "Aleksandr Nevskogo obrazsa 1942 goda
Orden Aleksandr Nevskogo obrazsa 1942 goda  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2022
Orden "Aleksandr Nevskogo obrazsa 1942 goda
Bugungi Rossiyada Aleksandr Nevskiy ordeni maqomi 2010-yilda tasdiqlangan edi. Ushbu mukofot birinchi navbatda davlat oldida buyuk xizmatlar qilgan Rossiya fuqarolari ga berilgan.
Shuningdek, Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taniqli xorijiy siyosiy va jamoat arboblari, xorijiy davlatlarning ishbilarmon doiralari vakillari Rossiya Federatsiyasi bilan ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ko‘rsatgan xizmatlari uchun mukofotlanishi mumkin.
Aytish joizki, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Aleksandr Nevskiy ordeniga sazovor bo‘lgan ikkinchi davlat arbobidir.
1916 yilda Buxoro amiri Said Mir Muhammad Olimxon ham ushbu mukofot bilan taqdirlangan edi. Amir Olimxon Sankt-Peterburgda oliy harbiy bilim yurtida o‘qigan. Uning Chor Rossiyasi podshohlik oila a’zolari bilan munosabatlari yaxshi bo‘lgan, ularning vakillarini Buxoroda qabul qilgan. Shuningdek Birinchi Jahon urushi yillarida Rossiyaga yordam ko‘rsatgan.
© RIA NovostiVladimir Putin vruchayet orden Aleksandra Nevskogo Shavkatu Mirziyoyevu
Vladimir Putin vruchayet orden Aleksandra Nevskogo Shavkatu Mirziyoyevu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2022
Vladimir Putin vruchayet orden Aleksandra Nevskogo Shavkatu Mirziyoyevu
Yangiliklar lentasi
0