Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

Belarus “Shanxay oilasi”ning to‘laqonli a’zosiga aylanish vaqti keldi – Lukashenko

© ShOSGeneralniy sekretar ShOS Chjan Min na vstreche s Prezidentom Respubliki Belarus Aleksandrom Lukashenko
Generalniy sekretar ShOS Chjan Min na vstreche s Prezidentom Respubliki Belarus Aleksandrom Lukashenko - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2022
Obuna bo‘lish
Lukashenkoning aytishicha, ShHTga a’zo bo‘lish katta muvaffaqiyat hisoblanadi.
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Belarus Shanhay Hamkorlik Tashkilotining to‘laqonli a’zosiga aylanishi vaqti keldi. Bu haqda mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenko ShHT bosh kotibi Chjan Min bilan uchrashuvda so‘z ochdi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
“Belarus "shanxay oilasi"ning to‘laqonli a’zosiga aylanish vaqti keldi. Bizni bu yo‘lda qo‘llab-quvvatlayotganingizni bilamiz va buning uchun sizdan juda minnatdormiz", - dedi Belarus rahbari.
Lukashenkoning aytishicha, ShHTga a’zo bo‘lish katta muvaffaqiyat hisoblanadi.
"Biz 12-yil oldin ShHT bilan hamkorlikni boshlaganmiz. O‘z-o‘zidan yoki tasodifan emas. O‘shanda bu tashkilot yosh edi, dunyo hamjamiyatida o‘z o‘rnini topishga urinayotgan edi. Bugun esa ShHT nufuzli tuzilmaga aylandi, unga katta umidlar bilan qarashmoqda"– deya ta’kidladi u.
Eslatib o‘tamiz, ShHTning O‘zbekistondagi milliy koordinatori Rahmatulla Nurimbetov Belarus Respublikasining tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni Samarqandda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi sammitidan so‘ng ikki yilgacha cho‘zilishi mumkinligini aytgan edi.
Iyul oyida Belarus ShHTga a’zo bo‘lish uchun ariza bergan, uning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni 15-16 sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan sammitdan so‘ng boshlanishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0