Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

Eron ShHTga a’zo davlat maqomini olish uchun majburiyatlar memorandumini imzoladi

© ShOSIran voshel v sostav ShOS
Iran voshel v sostav ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2022
Obuna bo‘lish
Endilikda, ShHTning a’zolari soni 9 taga yetdi.
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Eron Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlat maqomini olish uchun majburiyatlar memorandumini imzoladi. Bu haqida Sputnik muxbiri xabar berdi.
Samarqandda Eron tashqi ishlar vazirligi rahbari va tashkilot bosh kotibi Chjan Min o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.
“Eronning ishtirokchi davlatlar guruhiga kirishi Shanxay hamkorlik tashkilotini mustahkamlaydi", deydi Chjan Min.
Endilikda, ShHTning a’zolari soni 9 taga yetdi.
ShHT sammiti

Eslatib o‘tamiz payshanba kuni Samarqandda ShHT davlat rahbarlari sammiti boshlanadi. Unda 15 ga yaqin davlat rahbari va 10 dan ortiq xalqaro tashkilotlar yetakichlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Ushbu sammit O‘zbekistonning ShHTga raislik davrining yakuni bo‘ladi. O‘tgan yil mobaynida ShHT doirasida O‘zbekiston tomonidan 80 tadan ortiq tadbirlar tashkil qilindi, ularning mantiqiy natijasi sifatida Samarqand sammitida 30 taga yaqin davlatlararo hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Ushbu hujjatlar ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash va uni yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qilgan.

Ular orasida mintaqaviy savdo, sanoat kooperatsiyasi va transport aloqalarini rag‘batlantirish konsepsiyasi va dasturlari bor. Shuningdek, yashil iqtisodiyot, innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, logistika, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot va boshqa yo‘nalishlarda ham qo‘shma loyiha va tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0