Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

Eron ShHTning to‘laqonli a’zo bo‘lishi uchun barcha ishni bajaramiz – Putin

© POOL / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v VII Vostochnom ekonomicheskom forume
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v VII Vostochnom ekonomicheskom forume - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2022
Obuna bo‘lish
Eron 2023-yilda Shanxay hamkorlik tashkilotining to‘laqonli a’zosi bo‘lishi kutilmoqda.
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Rossiya Eronnning Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) qo‘shilishidan mamnun. Bu haqda Rossiya prezidenti Samarqandda Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qildi.
“Eron ShHTning to‘laqonli a’zo bo‘lishi uchun barcha ishni bajaramiz. So‘nggi rasmiyatchilik qoldi xolos”, - dedi Rossiya rahbari.
Raisiy o‘z navbatida Putinga Eronni ShHTga qo‘shilish jarayonida qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi.
Avvalroq Tehron mamlakatga ShHTga to‘laqonli a’zolikka yo‘l ochuvchi tashkilot doirasidagi majburiyatlar to‘g‘risidagi memorandumni imzolagani xabar qilingan edi.
Eron prezidenti ShHT bilan turli sohalarda hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi
Rasmiy Tehron tegishli majburiyatlarni to‘liq bajarib, qator hujjatlarni ratifikatsiya qilganidan so‘ng tashkilotga to‘laqonli a’zo sifatida qabul qilinadi. 2021-yil Dushanbeda bo‘lib o‘tgan sammitda Eronni tashkilotga qabul qilish jarayoni boshlangan edi.
Eslatib o‘tamiz, Putin va Raisiy ShHT Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisi tadbirlarida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga kelishgan. Sammit ishida ShHTga a’zo mamlakatlar – Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Hindiston, shuningdek, tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlatlar – Belarus, Mo‘g‘uliston va Eron yetakchilari ishtirok etadi.
Yangiliklar lentasi
0