Jamiyat

Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish qoidalari tasdiqlandi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka oʻtishFarmatsevt v "Sber Yeapteke"
Farmatsevt v Sber Yeapteke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Sertifikatlashtirish uchun arizachi elektron shakldagi arizani “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali sertifikatlashtirish organlariga yuboradi.
TOSHKENT, 15 sen — Sputnik. Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish qoidalari Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Mazkur qoidalarga koʻra, farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish uchun arizachi elektron shakldagi ariza hamda unga ilova qilinadigan hujjatlar “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali sertifikatlashtirish organlariga yuboradi.
Sertifikatlashtirish organlari 2 kunda arizani koʻrib chiqib sertifikatlashtirishni oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qiladi yoki arizachiga rad etilganligi toʻgʻrisida asoslantirilgan xulosa beradi.
Sertifikatlashtirish quyidagi hollarda rad etiladi:
arizada maʼlumotlar toʻliq koʻrsatilmaganda va (yoki) arizaga ilova qilingan hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda;
sertifikatlashtirish uchun taqdim etilgan farmatsevtika mahsuloti davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaganligi aniqlanganda;
sertifikatlashtirish uchun taqdim etilgan farmatsevtika mahsuloti qalbakilashtirilganligi aniqlanganda.
Sertifikatlashtirishni oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan boshlab 2 kunda sertifikatlashtirishni oʻtkazish uchun farmatsevtika mahsulotlari saqlanayotgan joyga chiqqan holda namunalarni identifikatsiya qilish va tanlab olish ishlari amalga oshiriladi.
Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish natijalari boʻyicha toʻplangan hujjatlar sertifikatlashtirish organining farmatsevtika mahsulotini sertifikatlashtirishda ishtirok etmagan xolis xodimiga taqdim etiladi.
Xolis xodim (texnik qoʻmita) sertifikatlashtirish natijalari boʻyicha toʻplangan hujjatlarni 1 kun ichida koʻrib chiqadi hamda muvofiqlik sertifikatini berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Yangiliklar lentasi
0