Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

Hech kim ShHT oldiga harbiy tashkilot muqobili bo‘lish vazifasini qo‘ymaydi - Peskov

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPress-sekretar prezidenta Rossii Dmitriy Peskov. Arxivnoe foto
Press-sekretar prezidenta Rossii Dmitriy Peskov. Arxivnoe foto  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti o‘zaro integratsiyalashgan, mamlakatlar ko‘plab yirik loyihalarga ega ekanligini qayd etib o‘tdi.
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Hech kim Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) oldiga harbiy tashkilot muqobili bo‘lish vazifasini qo‘ymaydi. Bu haqida Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

“Hech kim ShHT oldiga harbiy tashkilot muqobili bo‘lish vazifasini qo‘ymaydi. Bu – kimgadir qarshi emas, do‘stlik tashkiloti”, - dedi Peskov.

Peskov AQShning maqsadi Rossiya Federatsiyasi va Markaziy Osiyo iqtisodiyotini sindirish, degan bayonotga javob berar ekan “Rossiya va Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari o‘zaro integratsiyalashgan, hozirda bizda ko‘plab yirik loyihalar bor”, deb ta’kidladi.

“Iqtisodiyotlarimiz o‘zaro bog‘liqlik darajasi yuqori, O‘rta va Markaziy Osiyoning ko‘plab mamlakatlarida Rossiya asosiy savdo-iqtisodiy hamkor hisoblanadi. Biz ko‘plab davlatlar bilan iqtisodiy jihatdan o‘zaro integratsiyalashganmiz. Kun tartibida ko‘plab yirik loyihalar bor”, - deydi u.

U shuningdek, "Rossiya bu yerda o‘z rolini saqlab qoladi va bu davlatlar ham bizning iqtisodiyotimiz uchun o‘z rolini o‘ynaydi", deya qo‘shimcha qildi.
Yangiliklar lentasi
0