Istoriko-etnograficheskiy park Vechnыy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkovыy put, otkrыlsya v Samarkande. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
SHHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentyabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (SHHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

Ilhom Aliyev Samarqandga yetib keldi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVizit prezidenta Azerbaydjana Ilxama Aliyeva v Uzbekistan
Vizit prezidenta Azerbaydjana Ilxama Aliyeva v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ozarbayjon prezidentini Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
TOSHKENT, 15 sen — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashinining majlisiga faxriy mehmon sifatida taklif etilgan Ozarbayjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyev Oʻzbekistonga keldi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
SHHT sammiti

Eslatib oʻtamiz, bugun Samarqandda SHHT davlat rahbarlari sammiti boshlandi. Unda 15 ga yaqin davlat rahbari va 10 dan ortiq xalqaro tashkilotlar yetakchilari ishtirok etishi kutilmoqda.

Ushbu sammit Oʻzbekistonning SHHTga raislik davrining yakuni boʻladi. Oʻtgan yil mobaynida SHHT doirasida Oʻzbekiston tomonidan 80 tadan ortiq tadbirlar tashkil qilindi, ularning mantiqiy natijasi sifatida Samarqand sammitida 30 taga yaqin davlatlararo hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Ushbu hujjatlar SHHTga aʼzo davlatlar oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash va uni yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qilgan.

Ular orasida mintaqaviy savdo, sanoat kooperatsiyasi va transport aloqalarini ragʻbatlantirish kontseptsiyasi va dasturlari bor. Shuningdek, yashil iqtisodiyot, innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, logistika, qishloq xoʻjaligi, tibbiyot va boshqa yoʻnalishlarda ham qoʻshma loyiha va tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

KengaytirishYigʻishtirish
Yangiliklar lentasi
0