Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 14-sentabrning asosiy xabarlari

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishZaporojskaya AES
Zaporojskaya AES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2022
Obuna bo‘lish
️Putin Guterrish bilan telefon orqali ZAES atrofidagi vaziyat, BMTning Yelenovkadagi missiyasi, ukrainadan oziq-ovqat mahsulotlari olib chiqish masalalarini muhokama qildi.
TOShKENT, 15 sen - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi tomonidan Ukraina hududida olib borilayotgan maxsus operatsiyaning 14-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan asosiy voqealari RIA Novosti xabarida.
️Rossiya Qurolli Kuchlari Xarkov viloyatining Balakleya, Kupansk va Dvurechnaya hududlarida Ukraina harbiylarining 14 va 93-mexanizatsiyalashgan brigadalarining ishchi kuchi va harbiy texnikasiga ommaviy hujumlar natijasida 150 ga yaqin ukrainalik harbiylarni va 10 dan ortiq harbiy texnikalarni yo‘q qildi.
️Nikolayev - Krivoy Rog yo‘nalishida davom etayotgan hujum urinishlari davomida Ukraina qo‘shinlari yana 150 askarini yo‘qotdi.
️Rossiya aviatsiyasi, raketa qo‘shinlari va artilleriyasi DXRning Krasniy Liman viloyatida Ukrainaning "Uragan" yoppasiga o‘t ochish reaktiv tizimini, Nikolayev viloyatidagi AQShda ishlab chiqarilgan AN/TPQ-64 radiolokatsion stansiyasini hamda DXR va Xarkov viloyatidagi to‘rtta o‘q-dori omborini yo‘q qildi.
️Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukraina reaktiv zarba berish tizmilri tomonidan uchirilgan 33ta snaradlarini, shu jumladan 26 ta HIMARS raketalarini urib tushirdi. Bundan tashqari, Rossiya havo mudofaasi bir sutkada to‘rtta Ukraina dronini, shuningdek, Xerson va Zaporojye viloyatlarida hududida "Tochka-U" raketasini urib tushirdi.
️Rossiya aviatsiyasi DXR hududida 250 tagacha ukrainalik askarni yuqori aniqlikdagi qurollar bilan yo‘q qildi. Rossiya Aerokosmik kuchlari qiruvchilari Xerson viloyatida Ukrainaning Mi-8 vertolotini diversantlar bilan birga yo‘q qildi.
️Rossiya Qurolli Kuchlari Zaporojye viloyatining Novoselivka va Dobropole shaharlarida 65-mexanizatsiyalashgan va 68-piyoda jangovar brigadalariga aniq zarbalar berib, 70 nafargacha ukrainalik jangari va beshta harbiy texnikani yo‘q qildi.
️Putin BMT Bosh kotibi Guterrish bilan telefon orqali Zaporojye atom elektr stansiyasi atrofidagi vaziyat, BMT missiyasining Yelenovkadagi tergov izolyatorining o‘qqa tutilishi faktlarini o‘rganish bo‘yicha bo‘lajak safari, shuningdek, bu boradagi ishlarning borishini, shuningdek ukrainadan oziq-ovqat mahsulotlari olib chiqish bitimining muddatini uzaytirish masalalarini muhokama qildi. Putin va Guterrish Rossiya-BMT yo‘nalishi bo‘yicha turli darajalarda hamkorlikka kelishib oldi.
Kiyevning G‘arbdagi kuratorlari Ukraina mojarosini tinch yo‘l bilan hal qilishga rozi bo‘lmaydilar va ular Ukrainani yangi o‘zi uchun halokatlari ishlarga undashda davom etadi, dedi Rossiyaning Vashingtondagi elchisi Antonov.
️Rossiya Federatsiyasi Zelenskiyga Bosh Assambleyaga qayta yozilgan murojaat yuborishga ruxsat berish qarorini qo‘llab-quvvatlamaydi, chunki virtual nutq so‘zlash - qoidalarni buzishdir, dedi Nebenzya.
Yangiliklar lentasi
0