Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

Mirziyoyev Szinpinni mukofotladi

Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinyb O‘zbekiston Respublikasining oliy darajali “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi.
TOShKENT, 15 sen - Sputnik. Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin O‘zbekiston Respublikasining oliy darajali “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu mukofotni Si Szinpinga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirgan.
“Meni oliy darajadagi “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlaganingiz — bu mamlakatingizning Xitoy-O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirishga qaratilayotgan ulkan e’tiborini, xitoy-o‘zbek xalqlari o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik rishtalarini to‘liq namoyon etadi. Buning uchun shaxsan sizga va siz orqali do‘st o‘zbek xalqiga samimiy minnatdorlik bildiraman”, - deydi Si Szinpin.
1/5
2/5
3/5
4/5
5/5
Eslatib o‘tamiz, 14-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin davlat tashrifi bilan Samarqandga kelgan edi. XXR yetakchisi 16-sentabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.
Shuningdek, sammit doirasida Si Szinpin Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ikki tomonlama muzokara o‘tkazishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0