Mutaxassis Samarqand sammiti nima sababdan jahon e’tiborini tortayotganini tushuntirdi

© Sputnik . Sputnik / Tabildi KadirbekovKandidat politicheskix nauk, dotsent Mejdunarodnogo universiteta Kirgizstana Alina Moldokeyeva
Kandidat politicheskix nauk, dotsent Mejdunarodnogo universiteta Kirgizstana Alina Moldokeyeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2022
Obuna bo‘lish
Milliy valyutalarga o‘tish, dollar va yevroda o‘zaro hisob-kitoblardan voz kechish bo‘yicha yo‘l xaritasi muhokama qilinadi - Moldokeyeva.
TOShKENT, 15 sen - Sputnik. Siyosiy fanlar nomzodi, dotsent Alina Moldokeyeva 15-16 sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti nima uchun jahon hamjamiyatining e’tiborini tortayotganini tushuntirdi.
Sputnik Qirg‘iziston radiosi efirida Moldokeyeva Samarqand sammitdan umidlar juda katta ekanligini, jumladan, dunyoning siyosiy tartibi qayta tuzilayotganini ta’kidladi.

"Milliy valyutalarga o‘tish, dollar va yevroda o‘zaro hisob-kitoblardan voz kechish bo‘yicha yo‘l xaritasi muhokama qilinadi. Ya’ni, bir vaqtlar faqat loyiha bo‘lgan yoki G‘arbga tahdiddek yangragan narsa aniqroq bo‘lib qoldi. ShHTning yagona bankini yaratish masalasi ham ko‘rib chiqiladi, avvalroq uning muhokamasi bir necha bor to‘xtatilgan edi”, - deb eslaydi Moldokeyeva.

Shuningdek mutaxassis ShHT jiddiy mintaqaviy tashkilot ekanligini ham ta’kidladi.
"YeOII va ShHT kabi bir nechta mintaqaviy tashkilotlar mavjud. Ba’zi odamlar ular qanday o‘zaro ta’sir qiladi va ularning kun tartibi bir-biriga zid keladimi yoki yo‘qmi degan savol tug‘iladi. Har qanday tashkilot muammolarni hal qilish uchun platforma sifatida yaratilgan: ba’zilari torroq miqyosda, ba’zilari esa kengroq va globalroq masalalar bo‘yicha”, - deydi siyosatshunos.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ShHTning bo‘lajak sammitidan kutilgan umidlar ro‘yobga chiqsa, tovarlar, pul va xizmatlarning erkin harakatlanishi bo‘yicha loyihalar ko‘rib chiqilsa, bu jiddiy integratsiya uchun talabga aylanadi.
ShHT sammiti

Eslatib o‘tamiz, payshanba kuni Samarqandda ShHT davlat rahbarlari sammiti boshlanadi. Unda 15 ga yaqin davlat rahbari va 10 dan ortiq xalqaro tashkilotlar yetakchilari ishtirok etishi kutilmoqda.

Ushbu sammit O‘zbekistonning ShHTga raislik davrining yakuni bo‘ladi. O‘tgan yil mobaynida ShHT doirasida O‘zbekiston tomonidan 80 dan ortiq tadbirlar tashkil qilindi, ularning mantiqiy natijasi sifatida Samarqand sammitida 30 taga yaqin davlatlararo hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Ushbu hujjatlar ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash va uni yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qilgan.

Ular orasida mintaqaviy savdo, sanoat kooperatsiyasi va transport aloqalarini rag‘batlantirish konsepsiyasi va dasturlari bor. Shuningdek, yashil iqtisodiyot, innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, logistika, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot va boshqa yo‘nalishlarda ham qo‘shma loyiha va tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0