Norov Belarus tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

© O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatiNorov Makey bilan uchrashdi
Norov Makey bilan uchrashdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2022
Obuna bo‘lish
Makey ShHTga raislik doirasida O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilgan ishlarni yuqori baholadi.
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov 14-sentabr kuni Belarus Respublikasi tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tomonlar O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashgan.
“Ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va amaliy sa’y-harakatlari sababli so‘nggi yillarda O‘zbekiston-Belarus munosabatlari alohida jadallik kasb etgani ta’kidlandi. Ikki tomonlama va xalqaro institutlar doirasida faol muloqot olib borilmoqda”, - deyiladi xabarda.
Vladimir Makey Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga raislik doirasida O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilgan ishlar va o‘z miqyosida yilning asosiy siyosiy voqealaridan biriga aylanadigan ShHT sammitiga tayyorgarlik ko‘rishni yuqori baholagan.
Savdo-iqtisodiyot, transport-logistika, ta’lim va madaniyat sohalarida hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilgan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30-yilligini nishonlash doirasidagi va boshqa bo‘lajak tadbirlar jadvali ko‘rib chiqilgan.
Yangiliklar lentasi
0