Putin G‘arbning o‘z so‘zida turmaslik siyosatini tanqid qildi

© POOL / Mediabankka o‘tishRabochaya poyezdka prezidenta RF V. Putina v Kaliningrad
Rabochaya poyezdka prezidenta RF V. Putina v Kaliningrad - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya rahbarining ta’kidlashicha, AQSh va YeI xohlasa so‘z beradi, xohlasa o‘z so‘zidan qaytadi.
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘arb mamlakatlari olib borayotgan siyosatga kinoya bilan munosabat bildirdi.
Putin Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) sammiti doirasida Eron prezidenti bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda AQSh va Yevropa Ittifoqini mantiqsiz xatti-harakatlarini tanqid qildi.

“O‘z suxanlarining egalari emas. Istashsa - so‘z berishadi, istashsa – bergan so‘zlaridan qaytishadi”, - dedi Putin Raisiyning G‘arb mamlakatlari muzokara olib borish qobiliyatiga ega emasligi va barcha majburiyatlarni buzishi haqidagi gaplariga javoban.

Qayd etish joizki, Eron bir necha o‘n yillar davomida sanksiyalar ostida yashashga majbur bo‘lmoqda. Sanksiyalar ro‘yxati kundan kunga ortib bormoqda. Kuni kecha G‘arb mamlakatlari Eron Rossiyaga go‘yoki uchuvchisiz apparatlar yetkazib bergani uchun sanksiya qo‘llashdi. Moskva va Tehron bu ma’lumotlarni rad etib kelmoqda.
Shuningdek, Tehron bir necha bor G‘arbning o‘z va’dalari ustida turmasligiga duch kelgan. AQShning "yadroviy bitim"dan bir tomonlama chiqib ketishi bunga yaqol misol bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Putin va Raisiy ShHT Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisi tadbirlarida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga kelishgan. Sammit ishida ShHTga a’zo mamlakatlar – Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Hindiston, shuningdek, tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlatlar – Belarus, Mo‘g‘uliston va Eron yetakchilari ishtirok etadi.
Yangiliklar lentasi
0