Putin Mirziyoyevga Aleksandr Nevskiy ordenini topshirdi

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin provel vstrechi na polyax sammita ShOS
Prezident RF V. Putin provel vstrechi na polyax sammita ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston rahbari iyul oyida Rossiyaning bu yuksak mukofoti bilan taqdirlangan edi.
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevga Aleksandr Nevskiy ordenini topshirdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Iyul oyida Putin Mirziyoyevni Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi uchun Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirlagan edi.
© RIA NovostiVladimir Putin vruchayet orden Aleksandra Nevskogo Shavkatu Mirziyoyevu
Vladimir Putin vruchayet orden Aleksandra Nevskogo Shavkatu Mirziyoyevu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2022
Vladimir Putin vruchayet orden Aleksandra Nevskogo Shavkatu Mirziyoyevu
"Siz Rossiyaning ushbu yuksak mukofotiga hammadan ko‘proq loyiqsiz. Ko‘p jihatdan sizning shaxsiy e’tiboringiz tufayli Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari barcha sohalarda: siyosatda, iqtisodda, fan va madaniyatda muvaffaqiyatli rivojlanmoqda", - dedi Putin.
Shavkat Mirziyoyev Putinga orden bilan taqdirlangani uchun minnatdorlik bildirdi
“Qanchalik qiyin bo‘lmasin, biz (Rossiya va O‘zbekiston bilan bog‘liq) masalalarni birgalikda hal qilish uchun tutashish nuqtalarini topamiz", – dedi O‘zbekiston rahbari.
© SputnikOrden Aleksandra Nevskogo
Orden Aleksandra Nevskogo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2022
Orden Aleksandra Nevskogo
Ma’lumot uchun, Rossiyaning Aleksandr Nevskiy ordeni bilan xorijiy siyosat va jamoat arboblari, ishbilarmon vakillari Rossiya bilan ko‘p tomonlama hamkorlikning rivojlanishiga ko‘rsatgan xizmatlari uchun mukofotlanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) sammiti doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan muzokaralari bo‘lib o‘tmoqda.
Yangiliklar lentasi
0