Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

Putin va Erdo‘g‘an g‘alla kelishuvining samaradorligini baholaydi - Peskov

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishPress-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov
Press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti matbuot kotibi ma’lum qilishicha, Turkiya va Rossiya yetakchilari Samarqanddagi uchrashuvda g‘alla bo‘yicha kelishuvni amalga oshirish samaradorligini muhokama qiladi.
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 16-sentabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda g‘alla bo‘yicha kelishuvning amalga oshirilishini muhokama qiladi. Bu haqida Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Prezident Putin va Erdo‘g‘an ertangi suhbatda ushbu kelishuv qanday amalga oshirilayotganini muhokama qilishga, shuningdek, kelishuvning amalga oshirilishi samaradorligini baholashga kelishib olishdi”, deydi Peskov jurnalistlarga.
Avval xabar qilinganidek, davlat rahbarlari gaz yetkazib berish va ikki tomonlama bitimlarda milliy valyutalardan foydalanish masalalarini ham muhokama qiladi.
Yangiliklar lentasi
0