Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev ham Samarqandga yetib keldi

© Ofitsialniy sayt Prezidenta Respubliki KazaxstanPrezident Kazaxstana Kasim-Jomart Tokayev
Prezident Kazaxstana Kasim-Jomart Tokayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda Qosim-Jomart Toqayev boshqa davlatlar rahbarlari bilan ham ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev Samarqanga keldi. Bu haqida Sputnik muxbiri xabar berdi.
Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Ta’kidlanishicha, sammit yakunlari bo‘yicha qator hujjatlarni qabul qilish rejalashtirilgan. Toqayev O‘zbekistonda boshqa davlatlar rahbarlari bilan ham ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, bugun shuningdek, Samarqandga bir qator davlatlar rahbarlari Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Ozarbayjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko va Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdog‘an yetib kelishdi.
ShHT sammiti

Eslatib o‘tamiz payshanba kuni Samarqandda ShHT davlat rahbarlari sammiti boshlanadi. Unda 15 ga yaqin davlat rahbari va 10 dan ortiq xalqaro tashkilotlar yetakichlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Ushbu sammit O‘zbekistonning ShHTga raislik davrining yakuni bo‘ladi. O‘tgan yil mobaynida ShHT doirasida O‘zbekiston tomonidan 80 tadan ortiq tadbirlar tashkil qilindi, ularning mantiqiy natijasi sifatida Samarqand sammitida 30 taga yaqin davlatlararo hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Ushbu hujjatlar ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash va uni yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qilgan.

Ular orasida mintaqaviy savdo, sanoat kooperatsiyasi va transport aloqalarini rag‘batlantirish konsepsiyasi va dasturlari bor. Shuningdek, yashil iqtisodiyot, innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, logistika, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot va boshqa yo‘nalishlarda ham qo‘shma loyiha va tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0