Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

Rahmon Xitoy raisini Tojikistonga taklif qildi

© Press-slujba prezidenta TadjikistanaPrezident Tadjikistana Emomali Raxmon
Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2022
Obuna bo‘lish
Tojikiston va Xitoy rahbarlari ishtirokida hamkorlikka oid uchta hujjat imzolandi.
TOShKENT, 15 sen - Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Xitoy Davlat kengashi raisi Si Szinpin Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) sammiti doirasida hamkorlikning keng ko‘lamli masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Tojikiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

“Uchrashuvda samarali siyosiy muloqot bo‘lib o‘tdi va o‘tgan davr mobaynida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash borasida erishilgan ulkan natijalar qayd etildi”, - deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, XXR raisi Xitoy tomoni Tojikistonning Afg‘onistondagi vaziyat va u bilan bog‘liq mintaqaviy muammolar yuzasidan xavotirini tushunishini va ushbu qo‘shni davlat bilan xavfsizlik va chegara xavfsizligini mustahkamlash sohasida yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini aytgan.
Shuningdek, Emomali Rahmon Si Szinpinni Tojikistonga rasmiy tashrif bilan taklif qildi.
Tojikiston va Xitoy rahbarlari ishtirokida hamkorlikka oid uchta hujjat imzolandi:
Tojikiston Iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligi va Xitoy Savdo vazirligi o‘rtasida yashil rivojlanish sohasida sarmoyaviy hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi;
Tojikiston Iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligi va Xitoy Savdo vazirligi o‘rtasida raqamli iqtisodiyot sohasida sarmoyaviy hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi;
Dushanbe-Kulma avtomobil yo‘lining ikkinchi bosqichining asosiy qisman uchastkalarini qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha protokol.
ShHT sammiti

Eslatib o‘tamiz, bugun Samarqandda ShHT davlat rahbarlari sammiti boshlandi. Unda 15 ga yaqin davlat rahbari va 10 dan ortiq xalqaro tashkilotlar yetakchilari ishtirok etishi kutilmoqda.

Ushbu sammit O‘zbekistonning ShHTga raislik davrining yakuni bo‘ladi. O‘tgan yil mobaynida ShHT doirasida O‘zbekiston tomonidan 80 tadan ortiq tadbirlar tashkil qilindi, ularning mantiqiy natijasi sifatida Samarqand sammitida 30 taga yaqin davlatlararo hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Ushbu hujjatlar ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash va uni yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qilgan.

Ular orasida mintaqaviy savdo, sanoat kooperatsiyasi va transport aloqalarini rag‘batlantirish konsepsiyasi va dasturlari bor. Shuningdek, yashil iqtisodiyot, innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, logistika, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot va boshqa yo‘nalishlarda ham qo‘shma loyiha va tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0