ShHT sammitining ilk kunida ob-havo qanday bo‘ladi?

© Sputnik/Zafar XalilovUtro pered nachalom soveta glav gosudarstv ShOS v Samarkande
Utro pered nachalom soveta glav gosudarstv ShOS v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2022
Obuna bo‘lish
Kun davomida harorat 29...34 darajani tashkil etib, shamol 7-12 m/s tezlikda esadi.
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qayd etilishicha, kun davomida shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, respublikaning shimolida ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Havo harorati 29...34 darajani tashkil etadi. Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 32...34 daraja bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 22...27 daraja bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0