Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

Szinpin: Xitoy Rossiya bilan dunyoni barqaror rivojlanish trayektoriyasiga olib chiqishga tayyor

© Kreml. Novosti Vstrecha Vladimira Putina s Predsedatelem Kitayskoy Narodnoy Respubliki Si Szinpinom
 Vstrecha Vladimira Putina s Predsedatelem Kitayskoy Narodnoy Respubliki Si Szinpinom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2022
Obuna bo‘lish
Bugun Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan ShHT sammiti doirasida Rossiya yetakchisi Vladimir Putin Xitoy yetakchisi Si Szinpin bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Xitoy Rossiya bilan birgalikda dunyoni barqaror rivojlanish trayektoriyasiga olib chiqishga tayyor. Bu haqida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin ma’lum qildi.

“Biz rossiyalik hamkasblarimiz bilan mas’uliyatli jahon davlati namunasini ko‘rsatishga va shunday tez o‘zgarib borayotgan dunyoni barqaror va ijobiy rivojlanish yo‘liga olib chiqishda yetakchi rol o‘ynashga tayyormiz”, - dedi Xitoy yetakchisi.

Shuningdek, u Putin bilan xalqaro kun tartibi va tomonlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashishga tayyorligini bildirdi.
O‘z navbatida, Rossiya prezidenti Moskva va Pekin tashqi siyosati tandemi global va mintaqaviy barqarorlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynashini ta’kidladi.

“Moskva va Pekin tashqi siyosati tandemi global va mintaqaviy barqarorlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Biz birgalikda xalqaro qoidalar va BMTning markaziy roliga asoslangan adolatli, demokratik va ko‘p qutbli dunyo tartibini shakllantirish tarafdorimiz”, - dedi Putin.

Yangiliklar lentasi
0