Zelenskiyning korteji Kiyevda YTHga uchradi

© AFP 2023 / Sergei SupinskyPrezident Ukraini Vladimir Zelenskiy, arxivnoe foto
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2022
Obuna bo‘lish
Ukraina prezidenti jabrlanmagan, biroq uning haydovchisi boshidan yengil jarohat olgan, dedi davlat rahbari matbuot kotibi Sergey Nikiforov.
TOShKENT, 15 sen - Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bo‘lgan mashina Kiyevda avtohalokatga uchradi. Bu haqda RIA Novosti Ukraina prezidenti matbuot kotibi Sergey Nikiforovga tayanib, xabar berdi.
Qayd etilishicha, noma’lum mashina Zelenskiyning kortejiga borib urilgan. Oqibatda Zelenskiy ketayotgan avtomobil va qo‘riqchilar mashinasi zararlangan.
Ukraina prezidentini tibbiyot xodimlari tekshirgan va unda jiddiy jarohat aniqlanmagan. Biroq uning haydovchisi boshidan yengil jarohat olgan. Shifokorlar haydovchiga tez yordam ko‘rsatgan.
Ma’lumot uchun, bu Zelenskiy korteji ishtirok etgan birinchi baxtsiz hodisa emas. 2019-yil iyul oyida Ukraina Davlat xavfsizlik departamentining “Volkswagen Transporter” korteji tarkibiga kiruvchi mikroavtobus Zaporojye viloyatida dam olish maskanlaridan qaytayotgan bolalar bo‘lgan avtobus bilan to‘qnashgandi. Zelenskiyning o‘zi kortejda bo‘lmagan.
YTH fakti bo‘yicha politsiya Zelenskiy kortejining ikki haydovchisiga nisbatan ma’muriy bayonnomalar tuzgan. YTH yuzasidan jinoiy ish ochilgani yo‘q. Zelenskiyning o‘zi keyinchalik davlat xavfsizlik xodimlarining aybi isbotlansa, ularni javobgarlikka tortishga va’da bergan.
Yangiliklar lentasi
0