Jamiyat

AKT sohasida mutaxassis va investorlarga tavsiya berish tartibi belgilandi

© PixabayRabota za kompyuterom
Rabota za kompyuterom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Tavsiya Ekspert guruhining xulosasi asosida 3 yildan ortiq boʻlmagan muddatga beriladi.
TOSHKENT, 16 sen — Sputnik. Axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga tavsiya berish tartibi belgilandi. Bu boʻyicha tegishli nizom 16 sentyabr kuni Adliya vazirligida roʻyxatidan oʻtkazildi.
Nizomga koʻra, tavsiya quyidagilarga beriladi:
Oʻzbekistonda axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun investitsiya kiritayotgan xorijiy investorga;
Axborot texnologiyalari sohasida oxirgi 12 oyda yillik daromadi 30 ming dollar ekvivalentidan kam boʻlmagan xorijiy mutaxassisga;
Texnopark rezidentlarining taʼsischisi (ishtirokchisi)ga.
Ariza beruvchi tavsiya olish uchun arizani veb-portal (www.it-visa.uz) orqali Texnopark direktsiyasiga yuboradi.
Arizaga ariza beruvchi va uning oila aʼzolariga (turmush oʻrtogʻi, ota-onasi, farzandlari) tegishli pasport nusxalari, ariza beruvchining fotosurati hamda tegishli hujjatlar ilova qilinadi.
Ariza va boshqa hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab 30 kundan oshmagan muddatda Direktsiya tomonidan koʻrib chiqiladi.
Direktsiya ariza kelib tushgan kundan boshlab 1 kunda taqdim etilgan hujjatlarni tekshiradi.
Ariza beruvchiga quyidagi hollarda tavsiya berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa beriladi:
ariza beruvchi tomonidan Oʻzbekistonda boʻlish qoidalari buzilganligi aniqlanganda;
ariza beruvchi nizomda nazarda tutilgan shaxslar toifasiga kirmasa;
ariza beruvchi nizomda belgilangan tavsiya berish uchun talablarga javob bermasa.
Ariza beruvchiga tavsiya berish rad etilganda, u Direktsiyaga rad etish uchun asos boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda tavsiya olish uchun qayta murojaat qilishi mumkin.
Tavsiya olish uchun arizalarni koʻrib chiqish, tavsiya berish va uning muddatini uzaytirish bepul amalga oshiriladi.
Tavsiya Ekspert guruhining xulosasi asosida 3 yildan ortiq boʻlmagan muddatga beriladi.
Yangiliklar lentasi
0