Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

Belarusga ShHTning to‘laqonli a’zosi maqomini berish tartibi boshlandi - Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPo itogam plodotvornix peregovorov mejdu Prezidentom Respubliki Uzbekistan Shavkatom Mirziyoyevim i Predsedatelem Kitayskoy Narodnoy Respubliki Si Szinpinom prinyat solidniy paket dokumentov
Po itogam plodotvornix peregovorov mejdu Prezidentom Respubliki Uzbekistan Shavkatom Mirziyoyevim i Predsedatelem Kitayskoy Narodnoy Respubliki Si Szinpinom prinyat solidniy paket dokumentov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston rahbari ShHT tarkibi kengayib, sheriklik munosabatlar rivojlanib borayotganini ta’kidladi.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Belarusga Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) to‘laqonli a’zosi maqomini berish tartibi boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
“Biz Belarus Respublikasiga ShHTning to‘laqonli a’zosi maqomini berish tartibini boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilyapmiz” – dedi Mirziyoyev Samarqanddagi ShHT Davlat rahbarlari kengashi majlisida.
Prezident ShHT tarkibi kengayib, sheriklik munosabatlar rivojlanib borayotganini ta’kidladi. Mirziyoyev Eronning ShHTga to‘laqonli a’zo sifatidagi majburiyatlari to‘g‘risidagi Memorandum imzolangani va Misr va Qatarga muloqot bo‘yicha sheriklar maqomi berilganini eslatdi.
Mirzoyevning so‘zlariga ko‘ra, Bahrayn Podshohligi, Kuvayt, Maldiv, Birlashgan Arab Amirliklari va Myanmaga – muloqot bo‘yicha sheriklar maqomini berish jarayonlari ham boshlangan.
“ShHTning geografik qamrovi kengayayotgani o‘z misolida samaradorlik, o‘zaro bir-birini tushunish va amaliy sa’y-harakatlarni namoyish etayotgan Tashkilotimiz faoliyatining dolzarbligini yana bir tasdiqlamoqda”, - dedi O‘zbekiston rahbari.
Yangiliklar lentasi
0