Putin Yelizaveta IIning dafn marosimiga taklif qilinishi kerak edi – Britaniya OAV

© AFP 2023 / Frank AugsteinKoroleva Velikobritanii Yelizaveta II mashet tolpe s balkona Bukingemskogo dvorsa v dni svoyego platinovogo yubileya
Koroleva Velikobritanii Yelizaveta II mashet tolpe s balkona Bukingemskogo dvorsa v dni svoyego platinovogo yubileya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2022
Obuna bo‘lish
Independent: Britaniya va Rossiya munosabatlarni yaxshilash uchun Putin Yelizaveta II ning dafn marosimiga taklif qilinishi kerak edi.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. London va Moskva munosabatlarini yaxshilash uchun Rossiya prezidenti Vladimir Putin qirolicha Yelizaveta IIning dafn marosimiga taklif qilinishi kerak edi, deb yozadi “Independent” sharhlovchisi Meri Dejevskiy.
Uning fikricha, yangi bosh vazir Liz Trass hukumati kelajakda Rossiya-Britaniya munosabatlarini qayta tiklash uchun zaxira yaratish imkoniyatini qo‘ldan boy bergan.

“Davlat dafn marosimlari har doim tanishuv uchrashuvlari va yangi boshlanishlar uchun imkoniyat yaratib kelgan. Biz bu yerda butun jahon [Rossiyani] qoralayotganga o‘xshash narsani ko‘rishimiz mumkin. Bu tafovutlarni bartaraf etish o‘rniga yanada kuchaytiradi”, dedi Dejevskiy.

Nashr muallifining ta’kidlashicha, Putin Yelizaveta IIningvafoti munosabati bilan qirolCharlz IIIga hamdardlik bildirgan birinchi jahon yetakchilaridan biri bo‘lgan.
"Birinchi hamdardlik maktubi kimdan keldi? Ertasi kuni nafis va ta’sirli hamdardlik maktubi kelgan Emmanyuel Makrondan emas. Jo Baydendan ham emas - garchi Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti va birinchi xonimi birinchilardan bo‘lib xabar topgan bo‘lsa ham. Shuningdek, Millatlar Hamdo‘stligining birorta davlatidan emas”, - deyiladi maqolada.
Avvalroq, Britaniya OAV manbalariga tayanib, qirolicha Yelizaveta IIning dafn marosimiga Rossiya taklif qilinmagani haqida xabar bergan edi. Kreml rasmiysi Dmitriy Peskov Vladimir Putin boshidanoq Britaniya qirolichasiga bag‘ishlangan xotira tadbirlarida ishtirok etishni rejalashtirmaganini ta’kidladi.
Yelizaveta II Britaniyani 70-yildan ortiq boshqargan, u 8-sentabr kuni 96 yoshida vafot etgan. Dafn marosimi 19-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. 10-sentabrda uning 73 yoshli o‘g‘li Charlz IIInomi bilan taxtga o‘tirdi.
Yangiliklar lentasi
0