“Flynas” Jidda – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha o‘zining ilk reysini amalga oshirdi

Obuna bo‘lish
Saudiya Arabistonining arzon chiptali aviakompaniyasi Jidda-Toshkent-Jidda yo‘nalishida o‘z parvozlarini boshladi.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Saudiya Arabistonining “Flynas” avikompaniyasi Jidda-Toshkent-Jidda yo‘nalishi bo‘yicha o‘zining ilk reysini amalga oshirdi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar qildi.
Samolyot 15-sentabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 15:55 da Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ngan. Airbus A320 samolyoti 108 yo‘lovchini olib kelgan.
© Foto: Uzbekistan Airports
Aviakompaniya Flynas vipolnila svoy perviy reys po marshrutu Djidda – Tashkent  - Sputnik O‘zbekiston
1/3
© Foto: Uzbekistan Airports
Aviakompaniya Flynas vipolnila svoy perviy reys po marshrutu Djidda – Tashkent  - Sputnik O‘zbekiston
2/3
© Foto: Uzbekistan Airports
Aviakompaniya Flynas vipolnila svoy perviy reys po marshrutu Djidda – Tashkent  - Sputnik O‘zbekiston
3/3
Jidda-Toshkent-Jidda yo‘nalishi bo‘yicha qatnovlar haftasiga ikki marta – dushanba va payshanba kunlari muntazam ravishda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Jiddadan Toshkentga parvoz prezident Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoniga tashrifi chog‘ida parvozlarni kengaytirish bo‘yicha imzolangan memorandum doirasida amalga oshirilmoqda.
“Flynas” bir necha marta Yaqin Sharqdagi yetakchi arzon aviakompaniya deb topilgan.
“FlyDubai” Samarqand va Namangandan Dubayga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda
Avvalroq “O‘zaviatsiya” “Flynas” aviakompaniyasiga Jidda – Toshkent – Jidda yo‘nalishida muntazam parvozlarni bajarish uchun ruxsatnoma bergani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0