Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

Noyob fotosurat - besh prezident matbuot kotiblari bir joyda

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPress-sekretari 5ti glav gosudarstv: Sherzod Asadov, Dmitriy Peskov, Ibrohim Qalin, Ruslan Jeldibay i Erbol Sultanbayev
Press-sekretari 5ti glav gosudarstv: Sherzod Asadov, Dmitriy Peskov, Ibrohim Qalin, Ruslan Jeldibay i Erbol Sultanbayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2022
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 16 sen - Sputnik. Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan ShHT sammiti davomida besh davlat rahbarlari matbuot kotiblari bir joyda to‘planishdi.
O‘zbekiston, Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston prezidentlari matbuot kotiblari birga suratga tushishdi. Fotosuratni O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘z telegram kanalida chop etgan.
"ShHT sammiti davomida davlatlarimiz rahbarlarining faoliyatini tashkiliy jihatdan mukammal ta’minlash uchun ularning administratsiyalari, vazirlik va idoralar mutasaddilaridan iborat katta guruhlar, shu jumladan matbuot kotiblari xizmat qilmoqda. Fotosuratda: hamkasblarim Dmitriy Peskov, Ibrohim Qalin, Ruslan Jeldibay va Erbol Sultanbayev", - deb izoh qoldirgan Asadov.
Eslatib o‘tamiz bugun Samarqandda ShHT davlat rahbarlari sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Unda 13ta davlat rahbarlari va 10 dan ortiq xalqaro tashkilotlar yetakichlari ishtirok etmoqda.
Aytish joizki Samarqand sammiti pandemiyadan so‘ng oflayn formatda o‘tkazilayotgan birinchi uchrashuvdir. Aksariyat davlat rahbarlari 3-yil va undan ortiq yil davomida ilk bor yuzma-yuz uchrashishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0