Og‘ir atletika: O‘zbekiston kubogida Osiyo rekordi yangilandi

© Sportni rivojlantirish vazirligi Og‘ir atletika
Og‘ir atletika - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2022
Obuna bo‘lish
Chirchiq shahrida og‘ir atletika bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi o‘tkazilmoqda.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Og‘ir atletika bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogida Husinboy Matrasulov Osiyo rekordini yangiladi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Chirchiq shahrida 12-sentabr kuni og‘ir atletika bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi boshlandi.
Unda erkaklar o‘rtasida -61 kg vazn toifasida bahslarga kirishgan Diyorbek Ro‘zmetov dast ko‘tarish mashqida 120 kg, siltab ko‘tarishda esa 138 kg, ikki kurash natijasiga ko‘ra 258 kg natijani qayd etib, musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, xorazmlik sportchi dast ko‘tarish mashqida Osiyo rekordini ham yangiladi.
“Amaldagi rekord boshqa bir sportchi Husinboy Matrasulovga tegishli edi. O‘tganyili Birlashgan Arab Amirliklarining Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida u 119 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirishning uddasidan chiqqan edi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun mazkur musobaqa 17-sentabrga qadar davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0