Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

O‘zbekiston prezidenti xalqaro hamjamiyatni Pokistonga gumanitar yordam ko‘rsatishga chaqirdi

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2022
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) mamlakatlari nomidan xalqaro hamjamiyatni Pokistondagi suv toshqinlarining salbiy oqibatlarini bartaraf etish uchun ushbu mamlakatga imkon boricha gumanitar yordam ko‘rsatishga chaqirdi.
Samarqanddagi ShHT Davlat rahbarlari kengashi majlisida nutq so‘zlagan Pokiston bosh vaziri Sharif Shahboz uning mamlakati yaqinda tabiiy ofat – suv toshqinlaridan jiddiy zarar ko‘rganini ta’kidladi.
Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida 1400 kishi halok bo‘lgan, shulardan 400 nafari bolalar. Millionlab uylar to‘liq yoki qisman vayron bo‘lgan. So‘nggi 40-yil ichida bunday ko‘lamli ofat Pokistonda kuzatilmagan.
Sharif ShHT mamlakatlariga Pokistonga ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirdi.
ShHTga raislik qilayotgan O‘zbekiston prezidenti ShHT mamlakatlari nomidan xalqaro hamjamiyatni Pokistondagi tabiiy ofatning salbiy oqibatlarini bartaraf etish uchun yordam berishga chaqirishni taklif qildi. ShHT mamlakatlarini yetakchilari Shavkat Mirziyoyev taklifini yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlashdi.
Yangiliklar lentasi
0