Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

ShHT xalqaro tashkilotlar ichida eng muvaffaqiyatlisi – Toqayev

© ShOSShHT davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan doiradagi uchrashuvida Qasim-Jomart Tokayev nutq so‘zladi.
ShHT davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan doiradagi uchrashuvida Qasim-Jomart Tokayev nutq so‘zladi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2022
Obuna bo‘lish
Toqayev ShHTni zamonaviy dunyodagi eng muvaffaqiyatli tashkilot deb atadi.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Shanhay Hamkorlik Tashkiloti xalqaro tashkilotlar ichida eng muvaffaqiyatli tashkilotdir, dedi Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev ayni vaqtda Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Shanhay Hamkorlik Tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 22- majlisida.
“G‘oyalarimizda qarama-qarshilik va bloklar yo‘q, bu esa ShHT nufuzining oshishiga xizmat qilmoqda. Shu bois tashkilot geografiyasi tabiiy ravishda yildan-yilga o‘sib bormoqda”, dedi Qozog‘iston prezidenti.
Shuningdek, Toqayev ShHTga a’zo davlatlar mudofaa boshqarmalari va maxsus xizmatlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishni taklif qildi
“Oldimizda ShHTni global iqtisodiy platformaga aylantirish masalasi turibdi”, - dedi u.
Toqayevning so‘zlariga ko‘ra, zamonaviy dunyo xalqaro vaziyatning keskinlashuv davriga kirgan. Sanksiya bosimi usullari birinchi o‘ringa chiqqan.
“Zamonaviy davrning o‘ziga xos xususiyati - o‘zaro ishonchning keskin tanqisligi. Shanxayning o‘ziga xos ruhini ochiq muloqot asosida mustahkamlash nihoyatda muhim. Biz ShHT salohiyatini to‘liq ochishimiz kerak”, - deya ta’kidladi Qazog‘iston yetakchisi.
Eslatib o‘tamiz, Samarqand shahrida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida ShHT Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisi tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
Sammit ishida ShHTga a’zo mamlakatlar – Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Hindiston, shuningdek, tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlatlar – Belarus, Mo‘g‘uliston va Eron yetakchilari ishtirok etmoqda.
Faxriy mehmon sifatida Turkiya, Ozarbayjon, Turkmaniston va Armaniston , shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, boshqa nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari taklif etilgan.
Samarqand sammitining kun tartibiga muvofiq ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari, ShHTni rivojlantirishning amaliy jihatlari va ustuvor vazifalari ko‘rib chiqilmoqda. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashilyapti.
Yangiliklar lentasi
0