Istoriko-etnograficheskiy park Vechnыy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkovыy put, otkrыlsya v Samarkande. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
SHHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentyabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (SHHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

SHHTning global tashkilotga aylanish vaqti keldi - Lukashenko

© SHOSPrezident Belorusi Aleksandr lukashenko na zasedanii SHOS
Prezident Belorusi Aleksandr lukashenko na zasedanii SHOS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Bugun butun dunyo progressiv insoniyatining nigohi SHHTga qaratilgan. Demak SHHTning hududiy tashkilotdan global tashkilotga aylanish vaqti keldi.
TOSHKENT, 16 sen - Sputnik. Samarqandda soʻzga chiqqan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko SHHTning hududiy tashkilotdan global tashkilotga aylanish vaqti kelganini aytdi.
Xususan, Lukashenko Belarus 2010 yildan buyon SHHTda muloqot boʻyicha hamkor maqomiga ega boʻlganini, 2015 yildan soʻng esa kuzatuvchi maqomida boʻlganini aytib oʻtdi. "Oʻtgan davr mobaynida biz tashkilotning maqsad va maslaklari biznikiga toʻgʻri kelish kelmasligini sinchiklab oʻrgandik" - dedi Lukashenko.

"Bugun butun dunyoda progressiv insoniyatning nigohi SHHTga qaratilgan. Koʻplab davlatlar SHHT eshigini qoqmoqda. Demak, SHHTning hududiy tashkilotdan global tashkilotga aylanish vaqti keldi. Menimcha bu vaqtdan samarali foydalanish kerak", - dedi Lukashenko.

Eslatib oʻtamiz bugun Samarqandda SHHT davlat rahbarlari sammiti boʻlib oʻtmoqda. Unda 13ta davlat rahbarlari va 10 dan ortiq xalqaro tashkilotlar yetakichlari ishtirok etmoqda.
Aytish joizki Samarqand sammiti pandemiyadan soʻng oflayn formatda oʻtkazilayotgan birinchi uchrashuvdir. Aksariyat davlat rahbarlari 3 yil va undan ortiq yil davomida ilk bor yuzma-yuz uchrashishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0