Istoriko-etnograficheskiy park Vechnыy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkovыy put, otkrыlsya v Samarkande. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
SHHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentyabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (SHHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

SHHTning Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi

© IA "Dunyo"Sovmestnoye fotografirovaniye glav gosudarstv-chlenov SHOS
Sovmestnoye fotografirovaniye glav gosudarstv-chlenov SHOS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Shanxay hamkorligi tashkiloti aʼzolari tomonidan Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi.
TOSHKENT, 16 sen - Sputnik. Hozirgina Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) aʼzo davlatlar Davlat rahbarlarining Sammitida Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi.
Samarqand deklaratsiyasi mazkur sammitning asosiy hujjati hisoblanadi. Unda tashkilotni yanada rivojlantirish masalalari hamda global va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari boʻyicha barcha mamlakatlarning birlashgan pozitsiyalari aks ettirilgan.
Deklaratsiya, xususan, SHHT mintaqasida tinchlik, barqarorlikni taʼminlash, iqtisodiyot, savdo va investitsiya sohasidagi hamkorlik, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat xavfsizligi masalalari, logistika hamda iqlim oʻzgarishiga doir masalalarni oʻz ichiga oladi.
Eslatib oʻtamiz bugun Samarqandda SHHT davlat rahbarlari sammiti boʻlib oʻtmoqda. Unda 13ta davlat rahbarlari va 10 dan ortiq xalqaro tashkilotlar yetakichlari ishtirok etmoqda.
Aytish joizki Samarqand sammiti pandemiyadan soʻng oflayn formatda oʻtkazilayotgan birinchi uchrashuvdir. Aksariyat davlat rahbarlari 3 yil va undan ortiq yil davomida ilk bor yuzma-yuz uchrashishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0