Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

Toqayev: ShHT zamon muammolarini hal etishga muhim hissa qo‘shishi mumkin

© ShOSSammit glav gosudarstv-chlenov Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva
Sammit glav gosudarstv-chlenov Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2022
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston yetakchisi Shanxay hamkorlik tashkiloti bugungi kundagi eng dolzarb muammolarni hal etishga muhim hissa qo‘shishi shart deb hisoblaydi.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart-Toqayev tor doiradagi Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Toqayev o‘z nutqida O‘zbekiston prezideti Shavkat Mirziyoyevga mehmondo‘stlik va Samarqandda yuqori darajada tashkil qilingan ShHTning navbatdagi sammiti uchun minnatdorchilik bildirdi.
Qozog‘iston yetakchisi ShHT o‘zini universial vakolati va o‘zaro jipslashuvi bilan bugungi kundagi eng dolzarb muammolarni hal etishga muhim hissa qo‘sha oladi va qo‘shishi shart deb hisoblaydi.
Shuningdek, Toqayev joriy bosiqchda ShHT faoliyatining ustuvor yo‘nalishlariga oid o‘z qarashlarini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Samarqand shahrida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida ShHT Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisi tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
Sammit ishida ShHTga a’zo mamlakatlar – Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Hindiston, shuningdek, tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlatlar – Belarus, Mo‘g‘uliston va Eron yetakchilari ishtirok etmoqda.
Faxriy mehmon sifatida Turkiya, Ozarbayjon, Turkmaniston va Armaniston , shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, boshqa nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari taklif etilgan.
Samarqand sammitining kun tartibiga muvofiq ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari, ShHTni rivojlantirishning amaliy jihatlari va ustuvor vazifalari ko‘rib chiqiladi. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashiladi.
Yangiliklar lentasi
0