Bahodir Yalangto‘sh tarixiy filmining suratga olish ishlari boshlandi

© © SputnikBahodir Yalangto‘sh tarixiy filmi
Bahodir Yalangto‘sh tarixiy filmi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2022
Obuna bo‘lish
"O‘zbekfilm" kinokonsernining yangilangan pavilonda “Bahodir Yalangto‘sh” tarixiy filmining suratga olish ishlari bo‘lib o‘tmoqda – tafsilotlar.
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Toshkent xalqaro kinofestivalida yangi tarixiy filmning suratga olish ishlari boshlandi. Bu haqida Sputnik muxbiri xabar berdi.
“Ipak yo‘li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida "O‘zbekfilm" kinokonsernining yangilangan pavilonda “Bahodir Yalangto‘sh” tarixiy filmining suratga olish ishlari bo‘lib o‘tmoqda.
© © SputnikBahodir Yalangto‘sh tarixiy filmi
Bahodir Yalangto‘sh tarixiy filmi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2022
Bahodir Yalangto‘sh tarixiy filmi
Yangi pavilonda kinofestival mehmonlari “Bahodir Yalangto‘sh” tarixiy filmining birinchi epizodi suratga olinganiga guvoh bo‘lishdi. Shuningdek, ular rejissor kamerasida film qanday suratga olinayotganini shaxsan ko‘rish, ijodiy jamoa va film aktorlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.
Film afsonaviy Samarqand Registonining yaratuvchisi – Bahodir Yalangto‘sh haqida hikoya qiladi. U Registon maydonida "Sherdor" va "Tillaqori" madrasalarini bunyod etgan.
“Bir necha yil avval ushbu pavilon ayanchli ahvolda edi, kino ishlab chiqarish zamonaviy uskuna-jihozlarni talab qilar edi. Bugungi kunda davlat rahbarining kinematografiyani rivojlantirishga qaratayotgan e’tibori tufayli rekonstruksiya qilinib, jahon andozalari darajasida filmlar suratga olish imkonini beruvchi uskunalar bilan jihozlandi”, deydi "O‘zbekfilm" kinokonserni direktori Bahodir Odilov.
© © SputnikBahodir Yalangto‘sh tarixiy filmi
Bahodir Yalangto‘sh tarixiy filmi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2022
Bahodir Yalangto‘sh tarixiy filmi
Yangi panoramali pavilon eng yuqori zamonaviy badiiy va texnologik saviyada filmlar suratga olish imkonini beradi. Agar ilgari yirik blokbasterlar va jangovar filmlar xromakey yordamida suratga olingan bo‘lsa, bugun Stage Sraft texnologiyasidan foydalanish bilan hammasi global miqyosda o‘zgaradi.
Texnologiya bitta pavilonning o‘zida yuqori sifatli tasvirni olish imkonini beradi. Qimmatbaho dekoratsiyalar o‘rniga sahnaning orqa tomoniga kerakli atmosferani to‘liq yetkazib bera oladigan yirik choksiz LED panellar o‘rnatildi.
© © SputnikBahodir Yalangto‘sh tarixiy filmi
Bahodir Yalangto‘sh tarixiy filmi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2022
Bahodir Yalangto‘sh tarixiy filmi
Natijada virtual olamning yuqori sifatli tasviri ekranda aks ettiriladi va operator kamerasiga hech qanday qiyinchiliklarsiz bog‘lanadi. Obyektlarning fondagi holatini kameraning joylashishiga qarab o‘zgartirish sifatli film suratga olish imkonini beradi. Stage Sraft texnologiyasidan foydalangan holda siz istalgan burchakdan suratga olishingiz mumkin.
Haqiqiy va virtual kameralarning kombinatsiyasi avtomatik ravishda obyektivni o‘zgartirishni ta’minlaydi. Virtual kamerani mustaqil ravishda ham, masalan, dinamik sahnalar uchun ham harakatlantirish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0