Bugun paralimpiya yo‘nalishida kasbiy imtihonlar o‘tkaziladi

© Sportni rivojlantirish vazirligi Kasbiy imtihonlar
Kasbiy imtihonlar  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2022
Obuna bo‘lish
Imtihon natijalariga ko‘ra, ular orasidan 145 nafari tanlab olinishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Bugun paralimpiya yo‘nalishida o‘qish istagini bildirgan 300 nafardan ziyod nogironligi bo‘lgan yoshlar kasbiy imtihonlardan o‘tishadi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Respublikaning 5ta Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida paralimpiya yo‘nalishi bo‘yicha 1-kursga kasbiy (ijodiy) imtihonlar jarayoni bo‘lib o‘tmoqda.
© Sportni rivojlantirish vazirligi Kasbiy imtihonlar
Kasbiy imtihonlar  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2022
Kasbiy imtihonlar
“Imtihon natijalariga ko‘ra, ular orasidan 145 nafari tanlab olinishi rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda.
Imtihon jarayonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar markazlarning 1-kursiga qabul qilinadi.
© Sportni rivojlantirish vazirligi Kasbiy imtihonlar
Kasbiy imtihonlar  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2022
Kasbiy imtihonlar
Imtihonlar Termiz, Navoiy, Nukus, Qarshi hamda Urganch shaharlaridagi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida bo‘lib o‘tmoqda.
Yangiliklar lentasi
0