Buxoroda IX xalqaro arxeologiya yozgi maktabi ish boshladi

© Madaniy meros agentligi Arxeologiya yozgi maktabi
Arxeologiya yozgi maktabi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2022
Obuna bo‘lish
Unda Rossiya, Belorus, Kolumbiya, Suriya, Turkiya, Qozog‘iston kabi 10 ga yaqin davlatdan 50 dan ortiq mutaxassislar ishtirok etmoqda.
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Buxoroda IX xalqaro arxeologiya yozgi maktabi ish boshladi. Bu haqida Madaniy meros agentligi xabar berdi.
Ushbu yozgi maktab 2 bosqichdan iborat bo‘lib, 1-bosqich 15-28 avgust kunlari Bolgar davlat tarixiy-me’morchilik muzey-qo‘riqxonasida bo‘lib o‘tgan.
O‘zbekistonda 12-25 sentabr kunlari 2-bosqichga oid tadbirlar o‘tkaziladi.
Ayni paytda Ark qo‘rg‘oni hamda Buxoro davlat universitetida guruhlarga bo‘lingan holda amaliy darslar davom etmoqda.
Darslar arxezoologiya, koshinkorlik, tarix, paleoantropologiya, texnologiya va restavratsiya sohalarida olib borilmoqda.
Unda Rossiya, Belorussiya, Kolumbiya, Suriya, Turkiya, Qozog‘iston kabi 10 ga yaqin davlatdan 50 dan ortiq mutaxassislar ishtirok etmoqda.
Arxeologiya maktabi ishtirokchilari 18-sentabr kuni Sarmishsoy darasidagi 10 ming yildan ortiq yoshdagi petrogliflarni o‘rganish uchun Navoiy viloyatiga tashrif buyurishadi.
Yangiliklar lentasi
0