Uy-joy solig‘i: yangi qonun loyihasi tayyorlandi

© Sputnik / Nina Zotina / Mediabankka o‘tishKalkulyator i dom
Kalkulyator i dom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2022
Obuna bo‘lish
Adliya vazirligi Soliq kodeksining 483-moddasiga qo‘shimcha kiritish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqdi.
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Mamlakat fuqarolaridan uy-joy solig‘ini uch karra undirish to‘xtatiladi. Bu bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan qonun loyihasi ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasiga quyildi.
Aholiga qulaylik yaratish va fuqarolarning ijtimoiy jihatdan qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash maqsadida vazirlik Soliq kodeksining 483-moddasiga qo‘shimcha kiritish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqdi.
Unga ko‘ra, 2020-yil 1-yanvardan 2023-yil 1-iyungacha bo‘lgan davrda jismoniy shaxslardan, ya’ni yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanib kelayotgan fuqarolardan soliq stavkalarining uch baravari miqdoridagi soliqlarni undirmaslik nazarda tutilmoqda.
Hujjat qabul qilinsa, 2020-yil 1-yanvardan bugungi kunga qadar fuqarolar tomonidan soliq stavkalarining uch baravari miqdoridagi soliqlarni to‘lab kelayotgan bo‘lsalar, keyinchalik to‘langan soliq summalari Soliq kodeksiga muvofiq qayta hisob-kitob qilinadi.
Shu bilan birga, endilikda yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoki mavjud hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanib kelayotgan fuqarolardan soliq undiruvi Soliq kodeksining 437-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan umumiy tartibda amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda.
Qonun loyihasi muhokamasi 1-oktabrda yakunlanadi.
Yangiliklar lentasi
0