Dunyoda

Koronavirusning davomli asoratlaridan ayollar ikki barobar koʻproq aziyat chekmoqda - JSST

© AP Photo / Kin CheungRabochiye v zaщitnыx kostyumax napravlyayut passajirov k avtobusam v karantinnыe oteli v aeroportu Gonkonga
Rabochiye v zaщitnыx kostyumax napravlyayut passajirov k avtobusam v karantinnыe oteli v aeroportu Gonkonga - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Tadqiqotlariga asoslangan xulosalar shuni koʻrsatadiki, kasallik har uchinchi ayol va har beshinchi erkakda davomli shaklga oʻtishi mumkin.
TOSHKENT, 17 sen — Sputnik. Koronavirus kasalligining davomli asoratlari ayollarda erkaklarga nisbatan koʻproq uchraydi. Bu haqida Cogʻliqni saqlash vazirligi Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotiga tayanib xabar berdi.
Aytilishicha, JSSTning navbatdagi bayonotida keltirilgan faktlar koʻpchilik uchun kutilmagan xulosa boʻldi.
AQShning Salomatlik koʻratkichlari va baholash instituti tadqiqotlariga asoslangan xulosalar shuni koʻrsatadiki, kasallik har uchinchi ayol va har beshinchi erkakda davomli shaklga oʻtishi mumkin.
Qolaversa, SOVID-19dan keyingi bunday asoratlarga duchor boʻlish ehtimoli xotin-qizlarda erkaklarga nisbatan ikki barobar yuqori.
Maʼlumki, SOVID-19ning oʻtkir bosqichida 4 haftadan ziyod vaqt oʻtib, 12 haftagacha charchoq, tushkunlik, tanadagi ogʻriqlar, yurak faoliyati buzilishi, nafas qisishi kabi alomatlar kuzatilgan bemorlar uzoq davom etadigan koronavirusni boshdan kechirganlar toifasiga qoʻshiladi.
JSST tahlillariga koʻra, pandemiya boshlanganidan soʻng ikki yil ichida Yevropa mintaqasiga kiruvchi 53 mamlakatda 17 million nafarga yaqin bemor xuddi shu sindromdan aziyat chekkan.
Yangiliklar lentasi
0