Pedogoglar zaxirasini shakllantirish bo‘yicha maxsus portal ishga tushiriladi

Rabota v ofise - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2022
Obuna bo‘lish
Bunda xalq ta’limi tizimida faoliyat olib borayotgan rahbar va pedagog kadrlar zaxirasi va o‘qituvchi lavozimiga talabgor kadrlar elektron portfoliosi yaratiladi – tafsilotlar.
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. O‘zbekistonda maktab o‘qituvchilari va direktorlari zaxirasini shakllantirish bo‘yicha maxsus portal ishga tushiriladi. Bu haqida A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti xabar berdi.
Qayd etilishicha, endilikda pedagog ustozlar ishga joylashishda sarson bo‘lmaydi.
Xalq ta’limi vazirligi maktab o‘qituvchilari hamda direktorlar portfoliosini yaratish, inson omili aralashmagan reytingini belgilash uchun “Maktab o‘qituvchilari va direktorlari zaxirasini shakllantirish portali” loyihasini amalga oshirmoqda.
Bu borada milliy-tadqiqot instituti tomonidan fanlar bo‘yicha maktab o‘qituvchilari va direktorlar zaxirasini shakllantirish elektron (portal) tizimi yaratilmoqda.
“Bunda xalq ta’limi tizimida faoliyat olib borayotgan rahbar va pedagog kadrlar zaxirasi va o‘qituvchi lavozimiga talabgor kadrlar elektron portfoliosi yaratiladi”, deyiladi xabarda.
Ta’lim tizimida fanlar, maktablar, hududlar kesimida vakant o‘rinlarining statistikasi aniqlanib, hududlar va fanlar kesimida o‘qituvchilar zaxirasi shakllantiriladi.
Yangiliklar lentasi
0