Rossiya olimlari ishemik insultning oldini olish yo‘lini topdi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishMoskovskaya antidopingovaya laboratoriya
Moskovskaya antidopingovaya laboratoriya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2022
Obuna bo‘lish
Rus olimlari o‘tkazgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, organizmdagi mavjud selen zarralari har doim ham qonda yetarli vaqt aylanmaydi.
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Rossiya olimlari miya neyronlarini ishemik insult ta’siridan himoyalovchi vositani topganini ma’lum qildi. Bu - selen zarralari.
Rossiya olimlari o‘tkazgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, organizmdagi mavjud selen zarralari har doim ham qonda yetarli vaqt aylanmaydi. Ular shunchaki jigar va taloqda to‘planib, miya to‘qimalarigacha yetib bormaydi. Buning sababi selen zarralari ko‘p hollarda noqulay o‘lchamlarga ega.
Ushbu faktlar tadqiqotchilarni turli o‘lchamdagi selen zarralarining nerv hujayralariga ta’sirini batafsilroq o‘rganishga undadi.
Tajriba uchun jonivorlar miyasida astrositlar o‘stirilib, ularga turli — 50, 100 va 400 nanometr o‘lchamdagi selen nanozarralaridan iborat eritmalar yuborildi. Yakunda 100 nanometrli zarralar eng yaxshi natija berishi aniqlandi.
Ushbu tajriba kelgusida qon aylanish tizimi kasalliklarining oldini olishga qaratilgan yangi dori vositasi ishlab chiqarishda qo‘l kelishi mumkin.
Ma’lumot uchun, insult — xavfli xastalik. U qon aylanishining o‘tkir buzilishi oqibatida kelib chiqadi. Amaliyotda xastalikning ishemik va gemorragik turlari farqlanadi. Ular orasida ishemik insult 2-3 barobar ko‘proq uchraydi. Eng yomoni, mazkur kasallik dunyoda o‘lim va nogironlikning asosiy omillaridan biri sanaladi.
Mendeleyev davriy jadvalining VI guruhiga mansub mazkur element Braziliya yong‘oqlari, tovuq filesi, baliq, tuxum, grechka, zig‘ir urug‘i va boshqa dukkakli mahsulotlar tarkibida ko‘p uchraydi.
Selen yurak-qon tomir tizimi uchun juda foydali. Qolaversa, immunitetni oshiradi, qalqonsimon bez faoliyatini meyorlashtiradi, asab tizimini mustahkamlaydi, saraton hujayralariga qarshi kurashadi. Shuningdek, antioksidant moddalarni sintez qilishda faol ishtirok etadi.
Yangiliklar lentasi
0