Madaniyat

Oʻzbekistonning sanʼatsevar xalqini yaxshi koʻraman – Gosha Kutsenko

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiyada xizmat koʻrsatgan artist oʻzbek tilini oʻrganishni boshlashga vaʼda berdi.
TOSHKENT, 18 sen — Sputnik. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida “Kinochilar uyi”da Rossiyada xizmat koʻrsatgan artist, taniqli kino va teatr aktyori Gosha Kutsenko bilan ijodiy uchrashuv oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
“Men Toshkentga sʼyomkalar bilan tez-tez kelaman. Bundan 3 oy avval “Sevgi maktublari” spektaklini olib keldik. Oʻzbekiston menga juda yoqadi. Ayniqsa, sanʼatsevar xalqini yaxshi koʻraman”, - dedi aktyor.
Kutsenko sʼyomka maydonlarida prodyuserning oʻrni haqida ham soʻzlab oʻtdi:
“Kinoprodyuser butun jarayonni boshqaradi. U nafaqat kinofilm ishlab chiqarish, balki uni targʻibot qilishga va keyinchalik “taqdiri uzoq yashashi”ga ham masʼul boʻladi. Shuning uchun prodyuser kadrlar yetishtirayotganda masʼuliyat bilan yondashish lozim”, - deydi Kutsenko.
© Agentstvo kinematografii Uzbekistana
Tvorcheskaya vstrecha Goshi Kutsenko v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
1/3
© Agentstvo kinematografii Uzbekistana
Tvorcheskaya vstrecha Goshi Kutsenko v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
2/3
© Agentstvo kinematografii Uzbekistana
Tvorcheskaya vstrecha Goshi Kutsenko v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
3/3
Suhbat chogʻida rossiyalik aktyor oʻzbek tilini oʻrganishni boshlashga vaʼda berdi.
Maʼlumot uchun, Gosha Kutsenko “Manipulyator”, “Omadli jentelmenlar”, “Soxta muhabbat”, “Shifokor”, “Toʻrtinchi istak”, “Curiya sonatasi” kabi filmlarda oʻziga xos rollarni ijro etgan.
Yangiliklar lentasi
0