Dunyoda

Turkiya maqsadi SHTHga aʼzo boʻlish – Erdogʻan

© Sputnik / POOL / Mediabankka oʻtishPrezident Turtsii Redjep Tayip Erdogan, arxivnoye foto
Prezident Turtsii Redjep Tayip Erdogan, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Turkiya prezidenti Anqara Shanxay hamkorlik tashkilotining toʻlaqonli aʼzosi boʻlish maqsadi borligini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 18 sen — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) aʼzo boʻlish Turkiyaning maqsadidir. Bu haqda Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan SHHTning Samarqand sammiti yakuni boʻyicha maʼlum qildi.

“Endi bizning keyingi harakatlarimiz bu boʻyicha qadamlarimiz boʻladi. Maqsadimiz ham shundan iborat”, - deya javob berdi Erdogʻan jurnalistning Turkiya SHHT aʼzosi boʻlish masalasini koʻrib chiqyapti degan savoliga. Uning soʻzlaridan “Anadolu Agency” iqtibos keltirgan.

Turkiya yetakchisining soʻzlariga koʻra, bu masala Hindiston SHHTga raislik qiladigan kelgusi muzokaralarda kun tartibiga olib chiqiladi.
“Bu qadam bilan bizning munosabatlarimiz bu mamlakatlar (SHHT aʼzolari) bilan mutlaqo boshqa darajaga koʻtariladi”, - deya qoʻshimcha qildi Turkiya yetakchisi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rejep Tayyip Erdogʻan 15-16 sentyabr kunlari Samarqandda boʻlib oʻtgan SHHT Davlat rahbarlari kengashi majlisida faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi.
SHHT - 2001 yilda tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Unga Hindiston, Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va Oʻzbekiston aʼzo.
Kuzatuvchi davlatlar – Afgʻoniston, Belarus, Eron va Moʻgʻuliston, hamkor davlatlar – Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka.
SHHTning Samarqand sammiti doirasida Eronning tashkilotga toʻlaqonli aʼzo sifatidagi majburiyatlari toʻgʻrisidagi Memorandum imzolandi. Belarusga SHHT toʻlaqonli aʼzosi maqomini berish tartibini boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Bundan tashqari, Misr va Qatarga SHHTning muloqot boʻyicha hamkori maqomi berildi. Bahrayn Podshohligi, Kuvayt, Maldiv, Birlashgan Arab Amirliklari va Myanmaga – muloqot boʻyicha sheriklar maqomini berish jarayonlari ham boshlangan.
Yangiliklar lentasi
0